O‘zbekiston Yetakchi Yoshlari Ensiklopediyasi

Mamlakatimizning ijtimoiy, ilmiy va iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan yetakchilar to‘g‘risidagi platforma

O‘zYYE (O‘zbekiston Yetakchi Yoshlari Ensiklopediyasi) — bu respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan, o‘z sohasida yuqori natijalarga erishayotgan va tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan yetakchi yoshlarni birlashtiruvchi ensiklopedik loyihadir.

Loyihaning asosiy maqsadi — yetakchi yoshlarning salohiyati, erishayotgan yutuqlari va tajribasini keng jamoatchilikka namoyish etish, ularni jamiyat uchun ibrat sifatida taqdim etish va yangi avlodni ulkan maqsadlar sari ilhomlantirishdan iborat.

Muhim eslatma: Ushbu loyiha mustaqil internet-ensiklopediya bo‘lib, hech qanday davlat tashkilotiga aloqasi yo‘q.